YAGONA VATAN, YAGONA XALQ BO‘LIB, YANGI HAYOT VA KELAJAK YARATAMIZ!

Vaqt: 2026-09-01
Post image

“YAGONA VATAN, YAGONA XALQ BO‘LIB, YANGI HAYOT VA KELAJAK YARATAMIZ!” Peshku tuman 1-son texnikumida yangi 2026–2027-o‘quv yili boshlanishi hamda O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda texnikum rahbariyati, pedagog-xodimlar, o‘quvchilar, ota-onalar hamda taklif etilgan mehmonlar ishtirok etdi. Tantana davomida Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi, uning tarixiy ahamiyati, xalqimiz hayotidagi o‘rni hamda yosh avlod uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar haqida so‘z yuritildi. Yangi o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan o‘quvchilarga ezgu tilaklar bildirildi. Yoshlarni: puxta bilim olishga; tanlagan kasbini mukammal egallashga; zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirishga chorlovlar yangradi.