Qabul 2026-2027

Vaqt: 2026-05-01
Post image

Peshku tuman 1-son texnikumi Peshku tuman 1-son texnikumida yoshlar zamonaviy kasblarni egallab, o‘z kelajagini mustahkam qurish imkoniyatiga ega. Ta’lim jarayoni amaliyot bilan uyg‘unlashgan holda tashkil etiladi. Ta’lim yo‘nalishlarimiz ### Dual ta’lim Nazariya va amaliyotni birlashtirgan zamonaviy tizim. O‘qish jarayonida ishlab tajriba orttirish va stipendiya olish imkoniyati mavjud. ### Kunduzgi ta’lim To‘liq kunduzgi shaklda sifatli ta’lim. Malakali ustozlar va zamonaviy dasturlar asosida bilim oling. ### 9-sinf negizida ta’lim 9-sinf bitiruvchilari uchun kunduzgi va dual ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha 3-darajali diplom egasi bo‘lish imkoniyati. O‘qish muddati 2 yil. ### 11-sinf negizida ta’lim 11-sinf bitiruvchilari hamda katta yoshdagilar uchun dual hamda kunduzgi yo‘nalishlar bo‘yicha tahsil olib 5-darajali xalqaro diplomga ega bo‘lish imkoniyati. --- ## Nega aynan bizni tanlashadi? O‘zbekiston Prezidentining 2025-yil 23-oktyabrdagi PQ–316-son qarori asosida: ### Davlat stipendiyasi Dual ta’lim yo‘nalishlarida tahsil olayotgan o‘quvchilar davlat stipendiyasi bilan ta’minlanadi. ### Dual ta’lim shakli Ta’lim shakli texnikum va korxona bilan hamkorlik asosida nazariy va amaliy ko‘nikmalar shakllantiriladi. ### Haydovchilik guvohnomasi Tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha tahsil olgan o‘quvchilarga “B” yoki “BC” toifadagi haydovchilik guvohnomasi beriladi. --- ## Biz bilan bog‘lanish **Manzil:** Peshku tuman, Navro‘z ko‘chasi 1-uy **Veb-sayt:** peshku1-sontexnikum.uz **Telefonlar:** 99-700-25-00, 99-704-68-80 **E-mail:** [peshku1-sontexnikum@umail.uz](mailto:peshku1-sontexnikum@umail.uz) --- # 2026–2027 o‘quv yili uchun yo‘nalishlar ## 9-sinf kunduzgi ta’lim yo‘nalishlari | Yo‘nalish | Muddat | | --------------------------------------------------------- | ------ | | Qayta tiklanuvchi energiya manbalariga xizmat ko‘rsatish | 2 yil | | Kompyuter tarmoqlari va IT-servis | 2 yil | | Raqamli va smart maishiy texnika jihozlariga servis | 2 yil | | Elektobuslar, elektromobillar va elektroskuterlar servisi | 2 yil | | Avtomobillar servisi | 2 yil | | Metallarga qayta ishlov berish | 2 yil | ## 9-sinf dual ta’lim yo‘nalishlari | Yo‘nalish | Muddat | | ------------------------------------------------------------- | ------ | | Elektromontyor | 2 yil | | Bino va inshootlarni pardozlash ustasi | 2 yil | | Sartarosh (modeler) | 2 yil | | Moda va tikuv ishlab chiqarish texnologiyasi | 2 yil | | Traktor va agrotexnikalar mashinisti | 2 yil | | Avtomobillar servisi | 2 yil | | Suv xo‘jaligi avtomatlashtirilgan boshqarish tizimi operatori | 2 yil | | Mebel dizayneri | 2 yil | ## 11-sinf dual ta’lim yo‘nalishlari | Yo‘nalish | Muddat | | ----------------------------------------------------------------------- | ---------- | | Kosmetalogiya | 2 yilgacha | | Avtomobil transporti servis muhandisi | 2 yilgacha | | Elektr uzatish havo liniyalariga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash | 2 yilgacha | ## 11-sinf kunduzgi ta’lim yo‘nalishlari | Yo‘nalish | Muddat | | --------- | ------ | | Logistika | 2 yil | Peshku tuman 1-son texnikumi bilan kelajagingizni bugundan boshlang!