YANA BIR YUTUQ!
Vaqt: 2026-04-16
2026-yil 14–16-aprel kunlari Xorazm viloyati Urganch shahrida Olimpia zaxiralari kollejida sportning stol tennisi turi bo‘yicha “Barkamol avlod” Respublika final bosqichi musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Mazkur nufuzli musobaqada Peshku tuman 1-son texnikumining 2-bosqich talabasi Shokirov Jahongir munosib ishtirok etib, faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Ushbu yutuq texnikum jamoasi uchun katta faxr bo‘lib, yoshlarimizning sportga bo‘lgan qiziqishi va intilishlari yuksalib borayotganidan dalolat beradi. G‘olibimizni samimiy tabriklaymiz va kelgusi musobaqalarda yanada ulkan zafarlar tilaymiz!