Peshku tuman 1-son texnikumida master-klass.
2026-yil 7-yanvar kuni Peshku tuman 1-son texnikumida tarix fani o'qituvchisi Avezova Maxliyo tomonidan "Tarix fanini o'qitishda innovatsion metodlardan foydalanish usullari" mavzusida master-klass o'tkazildi. Master-klass davomida quyidagilar amalga oshirildi: Tarix fanini o'qitishda qo'llaniladigan zamonaviy innovatsion texnologiyalar haqida ma'lumot berildi. Interfaol metodlar "Aqliy hujum", "Klaster", "Insert", "Bahs-munozara", "Juftlikda ishlash" kabi metodlarning qo'llanish tartibi amaliy ko'rsatib berildi. Dars samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi raqamli ta'lim vositalaridan foydalanish bo'yicha tavsiyalar berildi. Ishtirokchilar bilan savol-javob, o'zaro fikr almashish va muhokama jarayonlari tashkil etildi. Master-klass yuqori saviyada o'tkazildi. Ishtirokchilar mavzuga oid yangi metod va yondashuvlar bilan tanishdilar hamda ularni amaliyotga joriy etish bo'yicha ko'rsatmalar oldilar.